oshxona.net

Qush uyasi salati.

Kerakli masalliqlar:

3 dona kartoshka, 3 dona tyzlangan bodring, 2 dona tuhum, 2 osh qoshiq mayonez, 4 osh qoshiq makkajuhori, 4 osh qoshiq yashil no'hot, 50 gram kolbasa, tuz va qovurish uchun o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Avval kartoshkamizni sabzi chiqaradigan qirg'ichdan chiqarib olamiz va tuz sepib qo'limiz bilan suvini siqib olishimiz kerak. Kartoshkamizni o'simlik yog'ida qizartirib qovurib olaiz. Keyin kalbasamizni ham somoncha qilib to'grab uniham qizarguncha qovuramiz.

 Tuzlanga bodringni ham huddi shundek somoncha qilib to’g’rab olishimiz kerak. Tuhumni qattiq qilib qaynatib olamiz.

Tayyor bo’lgan maslliqlarni birinchi kartoshkamizni yarmini tarelkamizga solamiz va ustidan mayonezni ozgina qismini siqib chiqamiz.

Undan keyin kalbasamizni solamiz, tuzlangan bodringni kalbasa ustiga qo’yamiz, Ustiga yana ozgina mayonez siqamiz. Undan keyin yashil no’hotimizni sepib chiqamiz.

Tuhum oqini sarig’idan ajiratib olamiz va oqini somoncha qilib no’hot ustiga solamiz. So’ngra makkajuhorimizni qo’yamiz. Mayoznezni qolgan qismini solamiz va surtib chiqamiz.

Eng ohirida olib qo’ygan kartoshkamizni eng tepasiga huddi qush iniga uhshatib qo’yib chiqamiz va tuhum sarig’ini qo’yamiz.

 

 

One Comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.