libanoncha Manakish Zaatar
Kerakli masalliqlar:
Hamiri uchun: 50 gram hamirturush, 4 dl iliq suv, 1 dl iliq sut, 50 g saryog', 12 dl un, 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar va 50 ml o'simlik yog'i kerak bo'ladi.

Ustiga surtish uchun libanon tayyor zaatar ziravor aralashmasi kerak bo’ladi. Agar bo’lmasa uy sharoitida tayyorlash mumkin. Buning uchun 3 osh qoshiq kunjut, 4 osh qoshiq oregano, sumak (nordon ziravor) va ozgina timjan aralashmasidan tayyorlanadi. Hamma ziravorlarni aralashtirib bo’lib 50 ml o’simlik yog’i solib aralashtiramiz.

Ishni hamir qilishdan boshlaymiz. Hamirimizni qilish uchun avval suv bilan sutni ilitib olamiz va idishga solamiz. Ustiga shakar, tuz va hamirturushni q’shib aralashtiramiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini quyamiz va unimizni solib hamir qoramiz. Hamirimiz yumshoq hamir bo’ladi. Qo’lga yopishmaslik uchun ozgina un sepib mushtlash mumkin. Mushlab bo’lganimizdan keyin hamirga dam beramiz.

Oshgan hamirimizni zuvalalar qilib yana 15 daqiqa dam beramiz.

Dam olib bo’lgan zuvalachalarimizni yoyib ustiga tayyorlab olgan ziravorlarimizni surkab chiqamiz.


Avvaldan qizdirilgan duhofkada 225 darajada 10-12 daqiqa pishirib olamiz.


Lahmacun/Lahmajun Turkcha pitsa

Arabcha pirog
O'hshash taomlar

McDonald’s wings
11/10/2020
Jigar qovurdoq
24/06/2020