Bifshteks

Kerakli masalliqlar:

800 gram kartoshka, 2 dona piyoz, 50 gram saryog' yoki margarin, 200 gram grechka, 1 dona tuhum, 3 osh qoshiq un, 0,5 stakan sut, 3 osh qoshiq kunjut, 1 choy qoshiq zira, 1 choy qoshiq kashnichdona, tuz, 200 gram qiyma, bir bo'lak mol go'shti 1 osh qoshiq tomat pastasi, 3 osh qoshiq slivkiy yoki suyuq qaymoq, 100ml o'simlik yog'i va ko'katlar kerak bo'ladi.

Eng avval kartoshkamizni archib bo’laklarga bo’lib olishdan boshlaymiz.  Undan so’ng kartoshkamizni qaynagan suvga solib 1 osh qoshiq tuz solib qaynatishga qo’yamiz. Kartoshkamizni ustini yopib o’rtacha olovda pishirib olamiz.

Undan so’ng grechkamizni ham qaynagan suvga solib 1 choy qoshiq tuz solib pishirishga qo’yamiz.

 

So’ng kotletlarimizni tayyorlaymiz. Piyozimizni 1 donasini qirg’ichdan chiqarib qiymamizga qo’shamiz va tuz ziravorlar bilan yahshilab aralashtiramiz. Aralashtirib olganimizdan so’ng kotletlar yasab olamiz. 

Aralashtirib olganimizdan so’ng kotletlar yasab olamiz.

So’ngra kotletlarimizni 3 hil qilib pishirib olamiz. Bir qismini avval tuhumga so’ng unga yana tuhumga va kunjutga botirib olamiz.

Kotletlarimizni ikkinchi yarmini kunjut o’rniga ko’katga va yana bir qismini faqatgina un va tuhumga botirib olamiz.

Tayyor bo’lgan kotletlarimizni  ozgina o’simlik yog’i solib o’rtacha olovda ikkala tarafini ham qizartirib  olamiz. Har ikkala tarafi qizargandan so’ng tagini pastlab 15-20 daqiqa ustini yopib dimlab qo’yamiz.

Kotletlarimiz pishgunicha go’shtli sousini tayyorlab olishimiz mumkin. Avval go’shtimizni o’simlik yog’ida yahshilab qovurib olamiz.

Undan so’ng piyozimizni qizarguncha qovuramiz, va tomat pastamizni va tuzni solib qovuramiz.

Kotletlarimizdan qolgan un va kunjutni ham solib  ustidan 2,5 stakan suv quyamiz va o’rtacha olovda qaynatamiz. Sousimizni qaynab turgan suviga qaymoqni solamiz va 15 daqiqa atrofida qaynatib pishirib olamiz . 

Bu orada kartoshklarimiz ham pishadi va ularni saryog’, sut va tuz bilan ezib pyure qilib olamiz.

Hamma pishgan mahsulotlarimizni birin ketin tarelkamizga solib hohishga qarab sabzavorlar bilan dasturhonga tortamiz.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.