Quyuq taomlar

Go’shtli pirog

Kerakli masalliqar:

200 gram saryog' yoki margarin, un, 0,5 piyola suv, 0,5 piyola qaymoq, 250 gram mol go'shti, 3 dona kartoshka, 2 dona piyoz, un, 0,5 piyola suv, 0,5 piyola qaymoq, 2 choy qoshiq razrihritel, 50 ml o'simlik yog'i, tuz, murch va zira kerak bo'ladi.

Margarinimizni qirg’ichdan chiqarib olamiz va 1 choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq razrihritel solamiz. Suv va qaymoqni solib oz ozdan un solib qo’lga yopishmaydigan yumshoq hamir qilib olamiz.

Ichiga solish uchun qiymasini tayyorlaymiz. Buning uchun bizga qo’sht, piyoz va kartoshka kerak bo’ladi. Hamma masalliqlarimizni to’rtburchak qilib to’g’rab olamiz. To’g’rlagan masalliqlarimizga tuz, o’simlik yog’i, zira, murch va kashnichdona solib yahshilab aralashtiramiz.

Hamirimizni ikkiga bo’lamiz. Bir qismini sal kattaroq ikkinchisini kichikroq qilib. Katta qismini avval yoyib olamiz va duhofka listiga yoyib qo’yamiz. Uni ustiga tayyorlab qo’ygan go’shtli masallig’izni solamiz.

Hamirimizni ikkinchi yarmini ham yoyib olamiz va go’shtli masallig’imizni ustiga qo’yamiz. Ustiga qo’yib olgandan so’ng chekalarini yopib chiqamiz.

Hamma tarafini yopib buklab chiqqandan so’ng ustiga bir dona tuhum sarig’ini solib yuziga surtib chiqamiz. Undan so’ng hohishga qarab ustini kunjut  va sedona bilan bezatish mumkin.

Ustini pichoq bilan bo’laklarga bo’lib shakl berib olamiz. Bu hamirimizni ishib ketmasligi uchun va pishgandan so’ng oson kesilishi uchun kerak bo’ladi.

Avvaldan qizdirilgan duhofkada 180 darajada ikkala tarafi qizarguncha pishirib olamiz. Tahminan 40 daqiqa atrofida pishirib olamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.