Karam salat
Kerakli masalliqlar:
Katta yumshoq karamni 3 dan bir qismi, 2 dona pomidor, 1 dona katta bodring, 2 dona sarimsoq piyoz, 4 osh qoshiq o'simlik yog'i, tuz va ukrop kerak bo'ladi.

Karamizmizni yupqa somoncha qilib to’g’rab olamiz va katta idishga solib tuz bilan ozgina ezib yuboramiz.


Undan so’ng bodringimizni ham somoncha qilib to’g’rab olamiz va karamni ustiga solib aralashtirib yuboramiz. Tuzli karam bilan mazalik bo’lib turishi uchun.

Pomidorni teng o’rtasidan bo’lib yarim oy shaklida to’grab olamiz. Keyin karam va bodringni ustiga solamiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini, sarimsoq piyozni va ukropni maydalab hammasini karamni ustiga qo’shib aralashtirib yuboramiz.




Previous
Oladushki

Newer
Qo'qon patir
O'hshash taomlar

«Rulet» salati
24/06/2020
Vitaminga boy salat
22/01/2020