Teftel
Kerakli masalliqlar:
6 dona kartoshka, 2 dona sabzi, 2 dona piyoz, 1 dona bulg'or qalampiri, 1 dona pomidor, petrushka, 3 osh qoshiq gurunch, 250 gram qiyma, tuz, 50 ml o'simlik yog'i va ziravorlar kerak bo'ladi.

Qiymamizga bir dona piyozni qirg’ichdan chiqarib qo’shamiz. Gurunch va ziravorlarni qo’shib yahshilab aralashtiramiz.


Barcha masalliqlarimizni archib tozalab va yuvib bo’lgandan so’ng hammasini to’g’rab tayyorlab olamiz .

Eng avval qozonga nazar solamiz, keyin o’simlik yog’ini s quyib piyozimizni qovurib olamiz. Undan so’ng ko’katni, sarimsoq piyoz, pomidorni va bulg’or qalampirni solib yahshilab qovurib olamiz.


Yahshilab qovurgandan so’ng kartoshka va sabzini solib qovuramiz. Tuz va ziravorlarni solib yana qovurishda davom etamiz.


Qovurib bo’lganimizdan keyin suv quyamiz. Qaynab chiqgandan so’ng avvaldan tayyorlab qo’ygan teftellarimizni sho’rvasiga solamiz.


Taomimiz tahminan bir yarim soatlarda qaynab pishadi.



Previous
Agarot salati.

Newer
Shish kebab
O'hshash taomlar

Lagmon
01/10/2018
Cho´zma lagmon
23/09/2018