Go’shtli non

Kerakli maslliqlar:

2 kg un, 4,5 stakan iliq suv, 1 dona tuhum, 100 gram saryog’ yoki oddiy o’simlik yog’i, ukrop, 50 gram hamirturush, 1,5 osh qoshiq tuz, 150 gram go’sht, 2 dona piyoz va sedana kerak bo’ladi.

Go’sht va piyozni maydalab, tuz, yog’ va ozgina ukrop solib aralashtiramiz.

Iliq suvga tuz, hamirturush, yog’ va unni solib hamir qilib olamiz va ko’ptirish uchun qo’yib qo’yamiz 45 – 60 daqiqalarga.

Ko’pib chiqqan hamirimizdan zuvalalar yasab yana ko’pishga qo’yamiz 30 daqiqaga. Ko’pib chiqqan hamirimizni uhlov bilan yoki qo’l bilan yoyamiz va o’rtasini kesib chiqamiz.

Atrofiga go’shtimizni solib chetlarini yopib chiqamiz. Hamma taraflari yopilgandan so’ng gaz listiga qo’yamiz va ustidan tuhum surkaymiz.

Hohishga qarab ustiga sedana yoki kunjut sepishimiz mumkin.

Nonlarimizni gazningo’rta qismida 225 gradusda pishirib olamiz.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.