Bulochkali sosiskalar.

Kerakli masalliqlar.

10 dona sosiska, 25 gram hamirturush, 1,5  stakan suv, 3 osh qoshiq yog’, 1 choy qoshiq tuz, 1 osh qoshiq shakar, va un kerak bo’ladi.

Suvimizga hamirturushni va shakarni solamiz. Yahshilab eritib olganimizdan so’ng ozroq un solib atala holatiga keltiramiz va oshib chiqishi uchun ustini yopib olib qo’yamiz.

Oshib chiqqandan so’ng tuzni solamiz  va unimizni oz ozdan solib yumshoq hamir qilib olamiz. Hamir tayyor bo’lishiga yaqin yog’ni solib hamirimizga ishlov beramiz. Yog’i aralashib ketgandan keyin zuvalachalar yasab oshirgani qo’yamiz.

Zuvalalarimiz oshib chiqqandan keyin lentalar yasab olamiz. Avvaldan chala qaynatib tayyorlab qo’ygan sosiskalarimizni sovutib olamiz. 

Sosiskamizni hamir bilan speral shaklida o’rab aylantirib chiqamiz va 15-20 daqiqa dam beramiz. Undan so’ng duhofka listiga terib ustiga tuhum surkab 225 darajada pishirib olamiz.

Bulochkalarimizni tahminan 15-20 daqiqa davomida qizarguncha pishiramiz. Oson va mazalik, ayniqsa bolalar uchun to’yimli nonushta bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.