Quyuq taomlar

Pyure va qiymali kotlet

Kerakli masalliqlar

 

 

1kg kartoshka, 150 gram qiyma, 1 dona tuhum, 2 dona piyoz, 1 piyola un, tuz, murch, o´simlik yogí, va ukrop kerak bo’ladi.

Eng avval kartoshkani pustini archib qaynatib pishirib olamiz. Undan so´ng 2 osh qoshiq un tuz va ukrop solib pyure holatiga keltirib olamiz.

Alohida idishga piyozimizni to´rtburchak qilib 30 ml o´simlik yogída qovuramiz. Undan so´ng qiymamizni solamiz va tabga qarab tuz va murch sepamiz.

Tayyor bo’lgan pyurimizni yumaloqlab olamiz va ozgina yoyib o´rtasiga tayyor  pishgan qiymamizni solamiz.

Ehtiryotkorlik bilan qiymamizni yopib chiqamiz. Keyin alohida idishga un va tuhumni tayyorlab olamiz.

Tayyor kotletlarimizni avval unga so´ng tuhumga botirib olamiz va yana bir marta unga botirib olamiz. Tayyorlab olingan kotletlarimizni skavarodkaga o´simlik yogí solib har ikkla taraflarini qizartirib olamiz.

Tayyor bol´lgan kotletlarimizni solketkaga qoýib keraksiz yogíni ketkazvolamiz. Tayyor bo´lgandan so´ng tarelkaga solib bemalol nonushta yoki tushlikka istemol qilish mumkin.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.