Duhofkada mayonezli tovuq

Kerakli masalliqlar:

 

4 kg tovuq oyoqlari, 300 gram mayonez, 1 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq qizil balgarskiy  pulveri, 1 osh qoshiq kurkuma, 0,5 qoshiq murch,1 osh qoshiq zira, 1 stakan sovuq suv kerak bo´ladi.

Hamma ziravorlarni bitta idishga solib olamiz va ustidan 300 gram mayonezni solib yahshilab aralashtiramiz.

Har bitta bo´lingan tovuq bo´laklarini qo´limiz bilan hammayogíga surkab chiqamiz va duhofka listiga terib chiqamiz. Ustidan 1 stakan suv quyamiz va duhofkani o´rtasida 200 darajada hammayogí qizarguncha pishirib olamiz.

Hohishga qarab oldiga gurunch yoki boshqa narsa bilan dasturhonga tortamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.