Rakushka shirinligi
Kerakli masalliqlar.

200gr margarin , 200ml smetana, 3ta tuhum sarigi 2 choy qoshiq razrihlitel qolga yopishmaydigan mayin hamir bo’lguncha un.
Nachinkasiga:
yarim piyola yong´oq
3ta tuhum oqi
1,5 piyola shakar kerak bo´ladi
Smetanaga tuhum sarig´ini, razrihritelni, solib aralashtiramiz. Margarinni qirg´ichdan o´tkazib olamiz.


Smetana ustiga margarinni solamiz va unni qo´shib hamir qoramiz.


Hamir tayyor bo´lgandan so´ng 4 qismga bo´lamiz. Va har bitini 6 qismga bo´lib kichkina koptokchalar yasab olamiz. Va har birini o´rtacha qalinlikda yoyib chiqamiz.




Tuhumni oqini shakar bilan ko´pirtiramiz. Undan keyin yong´oqlarnimizni tuhumni ko´prirtirilgan massasiga qo´shib engil aralashtiramiz.


Yoyilgan hamir ustiga bi qoshiqdan tuhumli massadan solib chiqamiz. O´rtasidan yopib yarim oy shakliga keltirvolamiz. Va yana ikkiga bukib chiqamiz.




Duhofkada o´rta qismidan 200 darajada qizartirib pishirib olamiz. Pishgandan so´ng har bir qavatiga shakar kukunidan sepib chiqamiz.






Tovuq file qaymoqli sousda

Obi non
O'hshash taomlar

Behi va apelsin murabbo
13/12/2020
Blinchikdan dessert
16/08/2020