Tovuq go´shtidan Qaynatma ugra
Kerakli masalliqlar:

400 gram tovuq go´shti, 2 dona kartoshka 1 dona piyoz, yarimta qizil bulg´or qalmpiri, yarimta qizil sabzi, ukrop, avvaldan kesib qurutilgan ugra va tuz kerak bo´ladi.
Tovuq go´shtini o´rtacha kattalikda maydalab sovuq suvga solib pastroq olovda qaynatamiz. 30 min qaynagandan so´ng piyozni solamiz.


Sabzini somoncha qilib to´g´rab olamiz. Tuz va ukropni solib orqasidan qolgan masalliqlarni birin ketin tayyorlab olamiz. Kartoshkani ikkiga bo´lamiz. Bulg´or qalampirini ham somonch qilib to´g´rab hammasini qaynab turgan sho´rvaga solamiz. Masalliqlar pishgandan so´ng ugrani solib pishirib olamiz.


Engilgina va mazali sho´rvamiz ham tayyor.



Previous