Pita non kotlet va sabzavot bilan.
Kerakli masalliqlar:


Kotlet uchun kerakli masalliqlar. 400 gram qiyma, 3 dona piyoz, tuz, 1 dona tuhum va hohishga ko´ra ziravorlar kerak bo´ladi.
Qo´shib eyish uchun kerakli masaliqlar: 1 dona katta bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, 1 dona bodring, tyz, ko´katlar va salat barglari kerak bo´ladi.
Pita non uchun kerakli masalliqlar: 25 gram hamirturush, 5dl iliq suv, 1 choy qoshiq shakar 1,5 choy qoshiq tuz, 4 osh qoshiq o´simlik yog´i , 14 dl un kerak bo´ladi.

Sabzavotlarni hammasini katta idishga to´g´rab terib olamiz va chetga olib qo´yamiz.
Hamirturushni bitta idishga solib ustidan tuz va shakarni solamiz. Aralashtirib eritib bir hil massa qilib olamiz. Undan so´ng ustidaniliq suvni va yog´ni solamiz.


Unni elab solamiz va hamir qoramiz.


Ustini selofan bilan yopib oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng ikki qismga bo ´lamiz va 25 dona kichkina zuvalachalar qilib olamiz. Har birini yumaloqlab olgandan so´ng 20- daqiqa oshirishga qo´yamiz.




Dam olgan zuvalalarimizni har birini o´rtacha qalinlikda yoyib chiqamiz. Gazimizni 250 darajada qizdirib olamiz va har bir yoygan nonchalarimizni pishirish uch duhofkaninig o´rta qismiga qo´yib ishib qizarib pishguncha ushlaymiz.




Qiymamizga tuhuma va ziravolarni solamiz. Ko´katni to´g´rab qo´shamiz. Piyozni qirg´ichdan chiqarib hamma masaalliqlarni yahshilab aralashtiramiz va kotletlar yasab olamiz. Duhofka listiga solib pishirib olamiz.




Pishgan pita nonimizni orasini ochib kotlet va sabzavotlardan solib iste´mol qilinadi. Bu taomimiz turk va arab mamlakatlarida suyumli taom hisoblanadi.




Spring rolls / Thailancha taom.
