Duhofkada Mini kabob
Kerakli masalliqlar:

500 gram qiyma, 5-6 ta piyoz, 1 dona tuhum, 30 ml o´simlik yog´i, 1 bo´lak non, tuz, petrushka, va ziravorlar kerak bo´ladi.
Nonni , piyozni, tuhymni, ziavorlarni va petrushkani blenderga solib maydalab olamiz bir hil massa qilib.


Tayyor bo´lgan masamizni qiymaga qo´shamiz va yahshilab aralashtiramiz.


O´rtacha kattalikda koptokchalar yasab olamiz va kichkina kabobchalar yasaymiz. Duhofka listini yahshilab yog´laymiz va terib chiqamiz.


225 darajada duhofkamizni qizdiib olamiz. Kabobimiz oralariga hohishga qarab pomidor, bulg´or qalampiri va piyoz qo´yib chiqishimiz mumkin. Pomidor va piyoz ustiga tuz va yog´solish ham esdan chiqmasin. Kaboblarimiz tapa vapasti qizarguncha pishirib olamiz. Hohishga qarab qaynatilgan gurunch bilan dasturhonga tortishimiz mumkin.



