Quyuq taomlar

Oshqavoq somsa

Kerakli masalliqlar:

 

1,5 kg un, 3 stakan suv, 2 choy qoshiq tuz, 1 dona tuhum, 100 ml yog´. kashnich , zira, 1 osh qoshiq shakar, 1 dona o´rtacha kattalikdagi oshqavoq, kunjut va sedona kerak bo´ladi.

Unni elab olamiz so´ng suvga tuzni solib aralashtiramiz unni o´rtasiga quyib 4 osh qoshiq o´simlik yog´i solib o´rtacha yomshoqlikda hamir qilib olamiz. Tindirishga qo´yamiz.

Oshqavoqni archib maydalab olamiz va hohishga qarab qirg´ichda yoki mesarofkada maydalab olamiz. Undan so´ng piyozni ham mayda qilib tayyorlab olamiz.

Oshqavoqga piyozni qo´shamiz. Undan so´ng tuz, shakar zira va kashnichdona solamiz. 50 ml yog´solib hammasini yahshilab aralashtiramiz.

Dam olgan hamirimzni olib yoyamiz. Yoyilgan hamirni 10cm qilib kesib olamiz. Tahlab chiqib yana 10 cm qilib  to´tburchak  holatga keltirib olamiz.

Tayyor kesib olgan hamirlarimizni yoyib chiqamiz va oshqavoqdan har biriga 1 osh qoshiqdan to´ldirib o´rtasiga solib chiqamiz. Har to´rtala taraflarimni yahshilab yopib chiqamiz. Suvi chiqib ketmasligi uchun.

Tugub olingan somsalarimizni gaz listiga terib chiqamiz va har birini betiga tuhum surkab kunjut va sedona sepamiz. 225 darajada har ikkala taraflar yahshilab qizarguncha pishirib olamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.