Quyuq taomlar

G o´shtli Mini rulet / CHO´P KABOB

Kerakli masalliqlar:

 

700 gram lahm go´sht, 2 dona piyoz, 1 kg kartoshka, 50 gram saryog´yoki dumba yog´i, 1 piyola qaymoq, ukrop, tuz, va murch erak bo´ladi.

Go´shtni parrak parrak qilib yupqa qilib kesib olamiz. Ozgina qattiqroq narsa bilan urib yumshatib olamiz. Tuz , zira va kashnichdona bilan tuzlab olamiz. (Man bir kecha holodilnikda  qoldirdim) Tayyorlab olingan go´sht bo´laklarini tarelkaga terib olamiz va oz – ozdan saryogdan bir chetiga qo´yib chiqamiz.

Hamma go´shtimizni rulet qilib o´rab chiqamiz va cho´pak tiqib chiqamiz ochilib ketmasligi uchun

Qozonchamizga hammasini terib chiqamiz. Hohishga qarab oddiy o´simlik yogí, saryog´yoki dumba yog´ishlatish mumkin dimlash paytida go´shni tagiga. Go´shtimizni o´rtacha olovda dimlab qo´yamiz. Go´sht formasi ochilmaydigan bo´lgandan so´ng cho´plarni olib tashlaymiz va qizarguncha yana dimlab qo´yamiz.

Alohida skavarodkada piyozni tillarang qilib qoburib olamiz. Kartoshkani archib qaynatishga qo´yamiz va pyure qilib olamiz. Pyure mayin va mazalik bo´lishi uchun qaymoq qo´shamiz. Tuzini rostlaymiz.

Tayyor bo´lgan pyureni konditor qopchasiga solib olamiz va tarelgaga hohishga qarab siqib chiqamiz.

Pyure oldiga go´shtlarimizdan terib chiqamiz. Pyure ustiga qovurilgan piyozni va ukropni sepib dasturxonga tortamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.