Shokoladli bilochkalar

Kerakli masalliqlar:

 

200 ml iliq sut, 125 ml iliq suv, 125 ml o´silik yog´i, 5  osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz, 1 osh qoshiq hamirturush, 2 ta tuhum, Oqini ichiga sarig´i ustiga surkash uchun, 1 choy qoshiq vanilin, 5 stakan un, orasiga surish uchun 150 gram hona haroratidagi saryog´ va ichiga o´rash uchun shokolad (nutella yumshoq shokoladi) kerak bo´ladi. 

Sut va suvni ilitamiz. Hamirturushni , tuhum oqini, vanilinni, shakar va tuzni solib aralashtirib olamiz. Unimizni elab solib hamir qoramiz.

8 qismga bo´lib zuvalalar qilib oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng har birini yoyib chiqamiz.

Har birini orasiga hona haroratida yumshagan saryog´ni surtib chiqamiz. Eng tepa qismiga surtmaymiz.

Yoygan hamirimizni 16 qismga bo´lib olamiz va oz-ozdan shokolad qo´yib chiqamiz. Huddi rogaliki o´ragandek o´rab chiqamiz.

Duhofka listiga terib 1 soatga oshirishga qo´yamiz. Usiga tuhum sarig´ini surtib 200 darajada tahminan 20 daqiqa  pishirib olamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.