Qaymoq va sgushonkali Tort
Kerakli masalliqlar:

Biskviti uchun: 8 ta o’rtacha tuhum 8 osh qoshiq to’la un 1 st shakar 1 choy qoshiq razrexlitel kerak bo´ladi.
1- krem uchun 200 gram saryog´, 1 bonka quyiltirilgan molako,
2 – krem uchun 100 gram karamel qant, 5 dl qaymoq, 1 paket tayyor krem pulveri kerak bo´ladi.
Tuhumni shakar bilan yahshilab oqarguncha ko´pirtirib olamiz. Undan so´ng un va razrihritelni birga aralashtirib qoshiq yordamida aralashtirib olamiz.




24 cm lik qolipimizni yog´laymiz va biskvit hamirimizni quyamiz. Gazni avvaldan 180 darajada qizdirib qoýamiz va qizigandan so´ng 40 daqiqa pishirib olamiz.



Qaymoqni qozonchamizga quyamiz va isish holatiga kelguncha ilitib olamiz. Karamilimizni solib eritib olamiz va boshqa idishga solib muzlatgichga 2-3 soataga olib qo´yamiz.




Uy haroratida yumshagan saryog´imizni mixer yordamida oqarguncha mixa qilamiz. Undan so´ng quyultirilgan molokomizni solib yana mixer yordamida bir hil massa bo´lguncha aralashtiramiz. Bu kremni ham betini yopib muzlatgichga olib qo´yamiz.




Qaymoqli kremimizni muzlatgichdan olib tayyor krem pulver qo´shib quyultirib olamiz.
Biskvitimizni 3 qismga bo´lib olamiz.


Korjimizni birinchi qavatiga saryog´li kremni surkaymiz. Ikkinchi qismiga qaymoqli kremimizni va ohirgi tepa qismiga qaymoqli kremimizni quyib chiqamiz va bir tekist qilib tekislab chiqamiz.




Kremlarimizni surtib chiqgandan so´ng muzlatgichga 2-3 soatga olib qo´yamiz. Tortimiz oddiy va mazali bo´ladi yumshoqqina chiqadi..





Kartoshka qovurdoq

Shafranli bulochkalar
O'hshash taomlar

Qulpinoy va tvarogli Pie
15/07/2019
Medoviy tort/ Asal tort
24/09/2018