Quyuq taomlar

Oshqavoqdan Tomchi somsa

Kerakli masalliqlar.

 

 

Bir dona o´rtacha kattalikdagi oshqavoq, 6 dona piyoz, 1 dona tuhum, un, 3 stakan suv, 100 ml o´simlik yog´i,150 gram margarin,  tuz , zira va kashnichdona kerak bo´ladi.

  • Hamiri uchun kerakli masalliqlar.
  • Un – 500 gramm
  • Suv – 250 ml
  • Tuz – 1 choy qoshiq
  •  100 grammo´simlik  yog’  Hammasini bitta kattaroq idishga solib o´rtacha qattiqlikda hamir qilib olamiz.

Zuvalamiz 30 daqiqa tingandan so´ng yoyib olamiz va eritilgan margarinni bir tekisda surkab chiqamiz.

So´ng yahshilab qattiq qilib o´raymiz va  4 cm qilib kesib olamiz.

Oshqavoqni archib bo´laklarga bo´lib olamiz. Hohishga ko´ra qirg´ichdan yoki qo´lda maydalab olamiz. Tayyorlab maydalab olingan oshqavoq va piyozga tabga ko´ra tuz, zira , kashnichdona va o´simlik yog´i solib aralashtiramiz.

Hamirimizni yoyib olamiz va o´rtasiga oshqavoqdan solib chiqamiz. Ikkala uchini uchli qilib tugamiz.

Pastini yumaloq qilib tugib olamiz.

Gaz listiga pishiriq qog´ozni solib tugulgan somsalarimizni terib chiqamiz. Ustiga tuhumni surkaymiz va hohishga qarab kunjut va sedona sepamiz.

200 °C  duhofka o´rtasida somsa 30 daqiqa davomida  oldindan qizdirilgan duhofkada  pishiriladi. Tayyor bo’lgan somsa dasturxonga issiqligida tortiladi

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.