Qaymoqli sousda qo´ziqornli taom
Kerakli masalliqlar.

3 kishi uchun kerakli masalliqlar:
250 gram shampinion, 250 gram makaron, 2 piyola qaymoq, 1 dona katta piyoz, 2 osh qoshiq o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi.
Piyozni maydalab olamiz. Qo´ziqorinni ham maydalab to´g´rab olamiz. Qozonga yog´ni solamiz keyin qo´ziqorinni solib qoviramiz. Ozroq qovurgandan so´ng piyozni solib qovuramiz.


Yahshilab qovurilgandan so´ng tuz va qaymoqni solib past olova 5-6 daqiqa qaynatib olamiz.


Makaronni qaynagan suvda tuz va 1 osh qoshiq yog´solib qaynatib pishirib olamiz. Makaronni suvdan olib tarelkaga solamiz va ustiga sousli qo´ziqorindan solamiz. Tabga ko´ra murch va ozroq ko´kat sepamiz. Taomimiz bor yo´g´i 20 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.



Previous
Oshqavoqdan Tomchi somsa
O'hshash taomlar

Dangasa kabob
16/06/2019
Mazali va tezpishar tushlik
07/12/2018