«Mayin» salati
Kerakli masalliqlar:

3dona qaynatilgan tuhum, 3 dona qaynatilgan sabzi, 6 dona qaynatilgan kartoshka, 4 dona qaynatilgan qizilcha(lavlagi)6 osh qoshiq mayonez, sho´r karam yoki bodring tabga qarab ozroq tuz kerak bo´ladi.
Barcha mahsulotlarimizni qirg´ichning mayda tishidan o´tkazib olamiz. Alohida idishga har birini solib ustiga 1 osh qoshiqdan mayonez solib chiqamiz.


Hohlagan shakldagi qolipga strech selofan solib qolib yasab olamiz. Eng avval qizilchani mayonez bilan aralashtirib tekislab qolipga solib olamiz. Undan so´ng kartoshkamizni solamiz.


Navbat bilanqolgan masalliqlarimizni solib tekislab chiqamiz. Kattaroq tarelkani teskari qilib yopib salatimizni to´ntarib olamiz. Selofanini betidan olamiz ham hohishga karab mayonez , ko´kat va pomidor bilan bezatib olamiz.



Salatimiz judaham mayin va yumshoq bo´ladi. Ayniqsa katta yoshdagilarga va buvijonlarga yoqadi.



Tovuq goshtidan ´mazali rulet
