Quyuq taomlar

Tovuq goshtidan ´mazali rulet

Kerakli masalliqlar:

 

 

1,3 kg tovuq filesi, 70 gram sariyog´, 100 gram pishloq, shpenat, tuz, kashnichdona va zira kerak bo´ladi.

Fileni yupqa qilib kesib olamiz. Zira, kashnichdona va tuz sepib marinovka qilib  30 daqiqaga olib qo´yamiz singib maza kirishi uchun.

Filemizni strech klyonkaga terib olamiz va orasiga pishloq, shpenat va saryog´ni terib chiqamiz va iloji boricha qattiq qilib rulat shaklida o´rab chiqamiz.

O´rab olgan filemizni falga qog´ozga olib yahshilab qattiq qilib o´rab olamiz. Avvaldan qizdirilgan duhofkada 220 darajada 35-40 daqiqa atrofida pishirib olamiz.

Pishgan ruletimizni olib kesib olamiz va falgada qolgan sokini rulet ustiga quyamiz. Taomimiz judaham mazalik , yumshoq va hushtam bo´ladi. Ham oson ham vaqt kam oladi tayyorlashga. Tayyor bo´lgan tamomizni hohlagan garnir bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.