1 kg qo´y go´shti, 3 don kartoshka 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg´or qalampiri, sarimsoq piyoz , 1 dona pomidor, ukrop, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi.
Go´shtni 1 soat avval tuz va ziravorlar sepib marinofka qilib qo´yamiz. Qozonga sovuq suv quyib go´shtni solamiz va pastroq olovda qaynatishga qo´yamiz. Qattiq qaynab ketmasligi kerak. Qolgan sabzavotlarimizni archib yuvib olamiz. Kartoshkani o´rtacha kattalikda bo´lib olamiz. Sabzini 1 enlik qilib kesamiz. Qolgan masalliqlarni ham maydalab tayyorlab qo´yamiz.
Sho´rvamiz 1 soat qaynagandan so´ng tuz, ziravorlar, pomidorni, sabzi, bulg´or qalampiri sarimsoq va piyozni solib yana 1 soat qaynatamiz.
Kartoshkani solib 25-30 daqiqa yana qaynatib olamiz. Ochirishimizga 5 daqiqa qolganida ukropni solamiz va sho´rvamizni o´chiramiz.
Sho´rvamiz tayyor, endi dasturxonga tortishimiz mumkin. Uzoq qaynab judaham mazali go´shtlari yumshoqqina bo´lib pishadi.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati