Piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Kashnichni ham maydalab to´g´raymiz. Bitta kattaroq idishga suv va tuzni solib aralashtirib olamiz. Ustiga piyoz va kashnichni solamiz. Unni oz ozdan solib o´rtacha yumshoqlikda hamir qorib olamiz.
Hamirni ustini yopib 20 daqiqaga olib qo´yamiz. Dam olgan hamirni o´rtacha kattalikda zuvalachalar qilib olamiz.
Zuvalachalarimizni yoyib tayyorlab olamiz. Skavarodkaga 1 osh qoshiqdan o´simlik yog´i solib ikkala tarafini o´rtacha olovda qizartirib pishiramiz.
Chalpaklarimiz tayyor. Pishgan Chalpaklarimizni yoyib katta tovoqqa solamiz.
Chalpaklarimiz suyuq taomlar bilan yanada mazalik va o´zgacha bo´ladi
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati