Gaz listga falga qog´oz solib olamiz. Ustiga baliqlarni terib chiqamiz.
Baliqlarni ustiga sariyog´ni bo´laklarga bo´lib terib chiqamiz. Limon va piyozni parrak qilib to´g´rab olamiz.
Baliq va sariyog´ni ustiga piyoz, limon va ukropni terib chiqamiz. Usiga tabga ko´ra tuz va murch kerak bo´ladi. Falgani betini yopib 220 darajada 20-25 daqiqa pishirib olamiz.
1 dona piyozni maydalab 2 osh qoshiq yog´da qizarguncha qovuramiz.
Ustiga 2 piyola bulg´urni solib ustidan 4 piyol qaynagan suv quyib past olovda dimlab pishiramiz.
Balig´imiz pishguncha bulg´urimiz ham pishib tayyor bo´ladi. Pishgan baliqni oldiga yashil loviyamizdan va bulg´urdan solib dasturxonga tortamiz.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati