kunjut . 1 osh qoshiq shakar va keragicha un kerak bo´ladi.
Kattaroq idishga yog´, shakar, tuz va hamirturushni solib eritib olamiz. Ustidan 3 piyola qatiq solamiz.
3 piyola issiqroq suv quyamiz. Qo´l kuymaydigan iliq bo´lishi kerak. Unnni oz – ozdan solib hamir qoriymiz. Hamirimiz yumshoq lekin qo´lga yopishadigan bo´lmasligi kerak.
Tayyor hamirimzni oshirishga qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng ikki qismga bo´lamiz.
Har birini 5 bo´lakka bo´lib zuvalahalar yasab olamiz. Yana dam oldirishimiz kerak. Dam olgan zuvalalarimizga pichoq yordamida shakl berib chiqamiz.
Nonimizni o´rtsini mushtimiz bilan ezamiz va atroflarini yoyib olamiz.
Tayyorlab yasab olgan nonlarimzni ustiga tuhum surkab kunjut va sedona bilan bezaymiz.
250 darajada har ikkala tarafi qizargunga qadar pishirib olamiz. Nonimiz tayyor!
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati