Baqlajodan boshqa barcha masalliqlarimizni archib tozalab olamiz. Sabzini qirg´ichdan o´tkazamiz.bulg´or qalampirini yupqa somoncha qilib to´g´raymiz. Ukrop va piyozni maydalab olamiz.
Qozonga 1,5 dl yog´solib avval piyozni qizartirib olamiz. Undan keyin bulg´or qalampirini va sarimsoqni solib qovurihda davom etamiz.
Sabzni solib 4-5 daqiqa engil qovuramiz. Orqasidan ukropni solib yana 2-3 daqiqa tuz sepib aylantirib olamiz. Ko´p ezilib pishib ketmasigi kerak.
Baqlajonlarimizni butunicha tepa qismini olib tashlab suvda tuz solib qaynatib pishirib olamiz.
Pishgan baqlajonlarni ustiga og´irroq narsa qo´yib bostirib qoýamiz.Ichiga kirgan suvlari chiqib ketishi uchun. Baqlajonlar tayyor bo´lgandan keyin bir tarafini kesib olamiz va tayyorlab qo´ygan sabzili nachinkamizni solamiz.
Ichini to´ldirib bo´lgandan keyin holodilnikka 4-5 soatga olib qo´yamiz. Sovuganda yanada mazali bo´lishi uchu. Salatimiz tayyor!