3-4 dona sarimsoq piyoz, zira, tuz, kashnichdona va zaytun yog´i kerak bo´ladi.
Qozonni qizdirib olamiz va zaytun yog´dan tabga qarab ozroq yoki hohlovchilar sal ko´proq solishi mumkin. Go´shtni maydalab bo´laklarga bo´lib olamiz va qozonga terib chiqamiz. Usiga zira, kashnichdona va tuz sepamiz.
Terib olgan go´shtlarimizni ustiga sabzini
o ´rtacha qalinlikda to´g´rab solib olamiz.
Kartoshkalarni butunicha sabzini ustiga terib chiqamiz. Ustidan yana tuz va qolgan ziravorlardan ozroq sepib chiqamiz.
Karamni o´rtacha kattalikda bo´laklab olamiz. Karamni kartoshka ustiga terib olamiz.
Ustiga pioyozni maydalab halqa shaklida to´g´rab solib chiqamiz.
Bulg´or qalampirini , pomidor , sarimsoq va ukropni terib ustidan yana ozroq tuz va ziravorlar sepamiz.
Ustini yopib pastroq olovda 1,5 soatga dimlab qoy´yamiz.
1,5 soat vaqt utgandan keyin ehtiyotkorlik bilan aralashtirib tovoqqa suzib olamiz va dasturxonga tortamiz.