600 gram lahm mol go´shti, 6 dona piyoz, shpenat,(manda muzlatilgan shpenat , 100 gram sariyog´, kartoshka krahmali, 100 ml o´simlik yog´i, un, zira, kashnichdona, murch, tuz, qizil paprika, va suv kerak bo´ladi.
Avval ishni go´sht va shpenatni tayyorlab olishdan boshlaymiz.
Go´shtni maydaroq qilib to´g´rab olamiz. Piyozni 4 donasini go´sht uchun ishlatamiz. Piyozni kattaroq va qalinroq to´rtburchak qilib maydalab olamiz. Go´shtga solib ustiga tuz, paprika, murch, zira va kashnichdona solamiz. 100ml o´simlik yog´i solamiz. Go´shtimiz yog´sizligi hisobiga ko´proq yog´solib olamiz. Quruq bo´lib qolmasligi uchun. Shpenatga ham aynan go´shtga tayyorlab olgandek bir hil masalliqlar solib tayyorlab qo´yamiz va har birini alohida turgan idishda yahshilab aralashtiramiz. Bir chetga olib qo´yamiz, mazasi bir biriga o´tib turishi uchun.
Endi oddiy hamir qorib olib. Tuz, suv va ozroq yog´solib. Hamma uz oila azosini katta -kichikligiga qarab hisoblab ko´p yoki kam hamir olishi mumkin.
Endi asosiy jaryon hamir tayyor bo´lgandan so´ng 6 dona zuvala qilib bo´lib olamiz.
Ozroq yoygandan so´ng har birini orasiga kartoshka krahmalini sepib ustma ust qilib tahlaymiz va bir vaqtni uzida hamirlarni yoyib olamiz.
Ora orada ahamirlarni orasiga krahmaldan sepib turamiz. Hamirlarni yupqa qilib yoygandan so´ng ustiga sariyog´ni eritib surtib chiqamiz. Bitta hamirni ustiga sariyog´surtgandan so´ng ustiga yana ozroq krahmal sepamiz va keying hamirni qo´yamiz, yana krahmal sepamiz. Shu tarzda 6 qavat hamirni ustma ust qilib joylashtiramiz va rulet qilib o´rab olamiz.
O´rab olgan ruletimizni bir hil qilib bo´laklarga bo´lib olamiz
Har bil bo´laklarni yoyib chiqamiz. Tayyorlab yoyib olganimizdan so´ng go´sht va shpenatli qaylamizni solib yumaloqlab tugib olamiz.
Tagi qalin bo´lib ketmasin. Agar qalin bolsa ortiqvcha hamirlarni kesib tashlangan maqul.
Somsalarni gaz listiga terib olamiz va ustiga bir dona tuhumni 1 osh qoshib o´simlik yog´i bilan aralashtirib surkab chiqamiz. Ustiga hohishga qarab kunjut yoki sedona sepib chiqamiz. Gaz pechida 220 darajada qizargunga qadar pishirib olamiz.
Somsalarimiz tayyor.Taglari huddi tandirda pishganday bo´lib chiqadi.Tatyyorlab ko´ring albatta sizga ham maqul keladi.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati