Quyuq taomlar

Mozzarella tayoqchalar

Kerakli masalliqlar:

1,5 kg kartoshka

2 paket mozzarella

2 dona tuhum

2 dl talqon

2 osh qoshiq un,

tabga ko´ra tuz, murch va qovurish uchun ozroq yog´ kerak b ladi.

Kartoshkani po´stlog´i bilan qaynatib olamiz.

Qaynab pishgandan so´ng archib tozalab olamiz va pyure holiga keltirib olamiz.

Ustiga 2 osh qoshiq un, tuz va murch solib yahshilab aralashtiramiz.

Koptokchalar yasab olamiz.

Mozzarellani bo´laklarga bo´lib chiqamiz.

Talqon va tuhumni alohidadan idishga solib tayyorlab olamiz.

Tahtachani ozroq yog´lab olamiz va pyureni ozroq yoyib o´rtasiga mozzarellani solib yahshilab yopib chiqamiz. Hamma koptokchalarni ichiga mozzarellani solib tayyorlab olamiz.

Tayyor tayoqchalarni avval tuhuimga so´ngra non talqoniga botirib olamiz.

Hammasini tuhum va talqonga botirib tayyorlab olamiz. Skavarodkaga ozroq yog´solib tayyorlab olgan tayoqchalarni o´rtacha olovda qovurib olamiz.

Hamma tarafi qizargandan so´ng salfetka ustiga solib ortiqcha yog´larini tozalab shimdirib olamiz.

Taomimiz tayyor judaham mazali va uzgacha ta´mli yoqimli taom bo´ladi. Tayyorlab ko´ring albatta yoqadi. Maza va ko´rinsh jihatidan dasturxoningizni ko´rki bo´ladi.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.