Pishiriqlar

Frallar

Kerakli masalliqlar:

2dl un
4dl rågmjöl (qora un )
1ta droj
1 ta tuhum
2,5 dl qatiq
2dl suv
1 choy qoshiq tuz ,2-3 osh qoshiq yog´mayiz va zig´r urug´i  va ozroq betiga sepish uchun ovsyanka kerak bo´ladi.

Katt tovoqga avval ikkala unni elab solib olamiz. O´rtasiga qatiqni, drojeni, tuzni va zig´r urug´ini solib olamiz.

Undan so´ng yog´ni solib ehtiyotkorlib bilan sekin- sekin hamir qorishni boshlaymiz. Bir hil massa bo´lishi uchun.

Oz-ozdan suv quyib yumshoq qo´lga yopishadigan hamir qorib olamiz. Ozroqdan un sepib zuvalachalar tayyorlaymiz. Manda 12 dona nonchalar chiqdi.

Hohishga qarab qo´limizni suvlab yoki unlab tayyorlab olsak ham bo´ladi. Hamirimiz juda yumosh bo´lgani sabab biroz qiyinroq bo´lishi mumkin. Usiga ozroq mayiz terib chiqamiz. (manda bollarimi bazizi emagani sabab hammasiga solmadim.)

Betini yopib oshirish uchun olib qo´yamiz. Oshib chiqgandan so´ng betiga tuhumni elab surkaymiz va ovsyanka sepib chiqamiz.

Gazda 220 darajada qizarguncha pishirib olamiz. Tahminan 25 daqiqada pishib tayyor bo´ladi.

Tayyor bo´lgan nonchalarimizni nonushta dasturxoni uchun  bemalol tortishimiz mumkin. Judaham yumshoq, mazali bo´lib hohlagan narsangiz bilan iste´mol qilishingiz mumkin. Pishloq, saryog´, murabbo yoki bodring va pomidor bilan ham judaham mazali nonushta tayyorlasangiz bo´ladi.

Sizham tayyorlab ko´ring va yaqinlaringizni hursand qiling!

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.