2 dona sabzi va tabga ko´ra ziravorlar kerak bo´ladi.
Kabachkini qalamcha qilib kesib olamiz. Idishga solib tuz , ukrop, murch, bitta tuhum, qizil qalampir solib yahshilab aralashtiramiz.
Non talqonga botirib duhofka listiga terib chiqamiz.
Qolgan barcha mahsulotlarimizni uz hohishimizga qarab maydalab olamiz va huddi kabachkiga solgan ziravorlarimizdan solib ustiga ozroq o´simlik yog´i solib aralashtiramiz.Hammasini duhofka listiga joylashtirib chiqamiz.
Qiymani alohida idishga solib piyozni qirg´ichdan o´tkazib solamiz.1 dona tuhum va ziravorlar solamiz. Yahshilab aralashtiramiz.
Qiymamizni yualoqlab kichikroq sharikchalar yasab olamiz. Cho´p sih yordamida kaboblarimizni sihlab olamiz. Pomidor va qiymalarni navbat bilan terib olamiz.
List ustiga temir reshotkali listni qo´yib ustiga kaboblarni terib chiqamiz. Oldiga qalampirni ham qo´yib duhofkada 220 darajada pishirib olamiz. Kaboblarimiz sabzavotlardan avval pishadi shuning uchun kaboblarni ertaroq qizarishi bilan olgan maqul bo´lmasam suvsiz quruq bo´lib qolishi mumkin.
Pishgan taomimizni har birini alohidadan idishlarga solib barra piyoz bilan dasturxonga tortamiz.