Tushyonka
Kerakli masalliqlar:
2 kg mol go´shti,
50 ml o´simlik yog´i,
1 osh qoshiq zira,
2 piyola suv,
1 osh qoshiq kashnichdona,
1-2 choy qoshiq tabga ko´ra butun murch,
2-3 dona lavr yaprog´i,
1 osh qoshiq tuz kerak bo´ladi.
Tushyonkamizni oddiy qozonda yoki slow cooker qozonda tayyorlasa bo´ladi. Go´shtni o´rtacha kattalikda bo´lib oldim va Slow cookerga hammasini solib oldim. Ustidan barcha ziravorlarni solib chiqamiz. Ustiga yog ni va suvni solib o´rtacha issiqlikda 5 soatga dimlab qo´yamiz. Oddiy qozonda 3-4 soat vaqt ketadi.
5 soat vaqt o´tgandan so´ng qozon qopqog´ini ochishimiz mumkin. Go´shtmiz judaham yumshoq va mazali bo´ladi. Taomimiz tayyor uzimiz hohlagan garnir bilan dasturxonga tortamiz.