Tvarogni idishga solamiz ustidan 1 dona tuhumni chaqib olamiz. Blender yordamida bir hil massa qilib aylantirib olinadi.
Un va vanilinnni alohida idishchada aralashtirib olamiz va tvarog ustiga solamiz. Eng ohirida shakarni solib aralashtiramiz. Tayyorlab olgan masalliqni tahtachaga un sepib hohlagan katta kichiklikda yumaloqlar yasab olamiz. Manda 9 dona chiqdi
Yumaloqlab tayyorlab olingan barcha sirnikarni skavarodkaga ozgina o´simlik yog´i solib har ikkala tarafini qizartirib olamiz. Har bir tarafini qizartirib pishirish uchun tahminan 3-4 daqiqa vaq ketadi.
Pishgandan so´ng ustidan shakar upasi sepib hohishga qarab hohlagan meva bilan dasturxonga tortamiz. Judaham maza nonushta bo´ladi.