Karamni yupqa qilib to´g´rab olamiz. Sabzi, qizilchani qirg´ichdan chiqarib olamiz. Kartoshkani har birini 4 qismga bo´lib olamiz. Piyozni maydalab to´graymiz.
Avval qozonga to´ldirib suv quyamiz va go´shtni va tovuqni solamiz. Betridagi ko´pigini olib tozalb olamiz.
Bir soat o´tgandan so´ng karamni solib qaynatamiz. Orqasidan kartoshkani solamiz.
Piyozni alohida skavarodkada 3 osh qoshiq yog´ bilan qizarguncha qovuramiz.
Orqasidan sabzi solib qovuramiz. Sabzi yumshagandan so´ng orqasidan qizilchani solamiz.
Qizilchani 3-5 daqiqa qovurib olamiz va 2 osh qoshiq tomat pastasini va maydalab olgan sarimsoqni solamiz.
Qaynab turgan sho´rvamizga qovurib olgan mahsulotlarimizni solamiz va tahminan yarim soat qaynatib pishirib olamiz.
Taomimiz tayyor. Hohishga ko´ra smetana va ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz!