Ishni avval gurunchni uvitib qo´yishdan boshlaymiz.Sabzi va piyozni archib olamiz.
Go´shtni yarmini o´rtacha kattalikda bo´lib olamiz qolganini katta katta qilib bo´lamiz.
Yog´ni qozonga solib qizdiramiz. Go´shtni solib yahhsilab qizarguncha qovuramiz.
Go´shtni qizartirib qovurib bo´lganimizdan so´ng piyozni solib uniham qizartirib qovuramiz.
Sabzini kattaroq qilib to´g´rab olamiz. Sabzini go´sht va piyozga solib uniham yahshilab qovurib olamiz. Tuz va kashnichdona solib qovurishda davom etamiz.
Suv quyib 30-40 daqiqa o´rtacha olovda zirvakni tayyorlab olamiz. Gurunchni yahshilab yuvib zirvak ustiga solib qaynagan suvni quyamiz. Hamma uz gurunchini qancha suv ko´tarishini biladi. Shuni hisobini olib suvni quyaverasiz.
Suv tortgandan keyin gurunchni o´rtaga to´plab ustiga zira sepib olamiz.
20 daqiqa dam oldirib dimlab qo´yamiz. Damlaganda olovni past qilib qo´yamiz.Chunki kuyib qolishi mumkin.
20 daqiqa vaqt o´tgandan keyin oshni ichidagi katta go´shtlarini terib olamiz.Va bo´laklarga bo´lib olamiz.
Oshimiz tayyor endi tovoqqa suzib oshni ustiga to´g´rab olgan go´shtimizni solamiz. Hohishga qarab uzingiz hohlagan salat bilan oshimizni dasturxonga tortamiz.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati