Quyuq taomlar

Tuhumli o´rama

Kerakli masalliqlar:

4 dona tuhum

300 gram qiyma

1 dona piyoz

 1 osh qoshiq sut

ko´kat hohishga ko´ra

2 choy qoshiq tuz

1 osh qoshiq un.

Qiymaga piyozni maydalab qo´shamiz. Tuz va hohishga ko´ra ziravorlar solamiz. Qiymani 6 qismga bo´lib qo´limiz bilan yoyib olamiz.

Skavarodkaga quruq qiymani o´zini solib har ikkala taraflarini pishirib olamiz. Alohida idishga tuhumni chaqib solamiz. Ko´kat sut,un va tuz solib aralashtiramiz.

Blendrda yahshilab aralashtirganimizdan keyin skavarodkani nomiga ch´tkal yordamida yog´lab olamiz va quymoqlarni quyib pishirib olamiz.

Qiyma va quymoqlarimiz tayyor endi o´rashni boshlaymiz.

Qiyma pishganligi sabab ozroq qattiq va bukulmaydigan bo´lib qoladi tuhumga o´rashda ehtiyot bo´lishimiz lozim aks holda quymogímiz yorilib ketishi mumkin.

Hamma ruletlarimizni idishga terib olamiz va duhofkamizda 225 darajada tahminan 20 daqiqa qizartirib pishirib olamiz.

Taomimiz tayyor. Dasturxonaga ketchup va garchetsa bilan tortdim. Mazsi uyg´unlashib yanada shushtam taom bo´ldi. Albatta tayyorlab ko´ring. Oson va tezpishar engil taomlardan biri bo ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.