Salatlar

Oq rediskali salat

Kerakli masalliqlar:

1 ta oq rediska

1 paket salat barglari tahminan 200 gram

1 dona pomidor

 1 dona bodring

2 dona piyoz

2-3 bo´lak sarimsoq piyoz

bryssel karami 15 dona

30 ml o´simlik yog´, tuz va ukrop.

Salat barglarini yuvib olamiz va katta salat idishiga solamiz. Ukrop va sarimsoqni maydalaymiz.

Pomidor va bodringni hohlanimizcha maydalab olamiz. Shakli muhum emas. Bryssel karomlarini har birini 4 qismga bo´lib olamiz.

Oq turupni maydalab somoncha shaklida to´g´rab chiqmiz. Piyozni ham somoncha qilib to´g´rab olamiz.

Piyozni 30 ml o´simlikda qovurib qizartirib olamiz.

Barcha tayyorlab olgan mahsulotlarni salat bargini ustiga solamiz.  Qovrilga piyozni qo´shib hohishga ko´ra tuz solib aralashtiramiz. Salatimiz tayyor! Bemalol dasturxonga tortishimiz mumkin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.