oshxona.net

Qiymali rulet

Kerakli masalliqlar:

450 gram qiyma

4 dona piyoz

8 dona kartoshka

4 dona tuhum

1 dona broccoli

petrushka

tuz, zira , kashnichdona, qizil paprika .

Krtoshkani 2-cm qalinlikda to´g´rab olamiz. Tuhumni qattiq pishirib qaynatib olamiz.

Petrushkani maydalab to´g´raymiz. Piyozni qirg´ichdan chiqarib olamiz.Qiymaga piyoz , petrushka va pripravalarni hammasini solib yahshilab aralashtiramiz.

Strech selofanga qiymamizni bir tekisda yahshilab yoyib chiqamiz. Chetlarini ham tekislab chiqish kerak.

Pishgan tuhumni ikkiga bo´lib olamiz va qiymani ustiga terib chiqamiz. Keyin ehtiyotkorlik bilan rulet shklida o´rashni boshlaymiz.

O´rab bo´lgandan so´ng paketni qiymadan olamiz. Paketni ichiga o´rab yubormaslik kerak bitta aylantirib orqaga selofanni qaytarib turilsa ichiga o´ralib ketmaydi. Faqatgina forma berishda qo´llaniladi holos,

Broccolini qismlarga ajratib olamiz va tabga ko´ra tuz va  2 osh qoshiq o´simlik yog´i bilan tuzlab olamiz. Duhofka listiga broccolini terib chiqamiz. Ruletni o´rasiga qo´yamiz. Kartoshkani ham huddi brocclini tuzlagandek tuzlab olamiz va listga teramiz.

225 darajadan pishjirib olamiz. Kartoshari qizarib ketmasin yumshoqqina va mayin bo´lib pishishi kerak. Broccolini go´sht pishishidan avvalduhofkadan terib olamiz chunki kuyib ketishi mumkin. Taomimiz tayyor judaham mazal va chiroyli ishtaha ochar bo´lib pishadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.