Barcha masalliqlarimizni archib yuvib olamiz. Baqlajonni qalin uzunchoq qilib to´g´raymiz.
Shirin kartoshkani va bulg´or qalampirini ham uzunchoq qilib to´g´raymiz. Piyozni har birini 4 ga bo´lib chiqamiz.
Oshqavoqni ham maydalab olamiz. Kartoshkani 6 qismga bo´lib chiqamiz. Sabzini parrak qilib to´g´raymiz.
Enfi to´g´rab tayyorlab olgan sabzavotlarimizni duhofka listiga terib chiqamiz. Ustiga tuz, murch va saryog´ni maydalab terib chiqamiz.
Fileni maydalab blendrda aylantirib maydalab qiyma qilib olamiz.
2 dona piyozni ham maydalab olamiz. Filega piyozni solib tuz, murch, zira va kashnichdona solib aralashtiriamiz va kotletlar yasab olamiz. Listga terib tayyorlab olamiz.
Barcha mahsulotlarimizni Duhofkada 225 darajada pishirib olamiz. Taomimiz tayyor. Mazali va engil taom bo´ladi!