Quyuq taomlar

Ravioli

Kerakli masalliqlar:

Hamiriga: 4 dona tuhum, 4 osh qoshiq sovuq suv, 6 dl bug´doy uni (Durumvete), 1 choy qoshiq tuz.

 

Nachinkasi uchun: 100 gram  qo´ziqorin, 1 dona piyoz , petrushka, 200 gram ricotta siri, tabga ko´ra tuz .

 

Sousiga:  1 sarimsoq piyoz, 1 dona piyoz, 100 gram qo´ziqorin, yarimta bulion bo´lagi, 50ml suv, 2 dl qaymoq mayda qirilgan parmezan pishlog´i, tuz va ko´kat.

 

Eng avval unni stol ustiga to´kib olamiz. Unni o´rtasiga tuhumni chaqib solamiz. Tuz va suvni aralashtirib qo´shamiz va qattiq hamir qorib olamiz. Hamirni tindirishga olib qo´yamiz.

Endi ichiga nachinka tayyorlaymiz. Piyoz va qo´ziqorinni bir hil kattalikda maydalab to´g´rab olamiz. Skavarodkada ikkalovini quruq yog´siz qovuramiz.

Pertushkani maydalab solamiz. Ustiga ricotta pishlog´ini qo´shamiz.  Alohida idishga olib sovutamiz.

Dam olgan hamirni yoyib olamiz va stakan yordamida aylana doirachalar qiriqib olamiz. O´rtasiga qo´ziqorinli nachinkadan bir qoshiqdan solib chiqamiz.

Ustiga ikkinihamirni yopamiz va chetlarini vilka yordamida berkitib chiqamiz.

Hammasini tugib olganimizdan keyin qaynagan suvga 1 osh qoshiq yog´ va 1 osh qoshiq tuz solib raviolilarimizni pishirib olamiz.

Endi ustiga quyish uchun sous tayyorlaymiz. Bitta kosaga suv va bulionni solib eritib olamiz.

Skavarodkaga 1 osh qoshiq olivkiy yog´ini solamiz va maydalab olgan qo´ziqorinimizni solamiz. Ozroq qovurgandan so´ng bulionni quyamiz.

Mayda to´g´ralgan petrushkani va tabga ko´ra tuz solamiz. Orqasidan 2 dl slivkiy quyamiz.

Sousi 5 daqiqa qaynasa etarli. Ozroq quyilsa kifoya.

Tayyorlab pishirib olgan raviolilarimizni tarelkaga solamiz va ustidan qo´ziqorinli sousdan quyamiz. Ovqatimiz tayyor!Rucolla va qirilgan pishloq bilan dasturxonga tortsangiz yanada mazalibo´ladi.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.