Piyozni maydalab 1 osh qoshiq olibkiy yog´da qovuramiz.
Piyozni tillarang bo´lguncha qovurish kerak.
Bulg´or qalampirini ham piyoz kattaligida bir hil qilib to´g´rab olamiz. Piyoz bilan nirga 2 daqiqa qovuramiz.
Pomidorni hham maydalab olib qolgan qovurdog´imizga qo´shib 2-3 daqiqa qovuramiz.
Kartoshkani kuvib qilib maydalab solamiz. Tuz sepamiz.
1,5litr suv quyamiz.Orqama ketin chechevetsa va gurunchni solamiz.
15 daqiqa qaynagandan so´ng oregano solamiz va yana 10-15 daqiqa qaynatib pishirib olamiz.
Ovqatimiz pishishiga yaqin zanjambilni qirg´ichdan o´tkazib solib yuboramiz. Ovqatimiz juda ham tez pishadi. Shamolashda ichish uchun juda foydali sho´rva bo´ladi.
Dasturxonga tortishdan avval limonni 2/1 qismini suvini siqib solib yuborishimiz kerak. Sho´rvamizni murch, ezilgan qalampir, ko´kat va limon bo´lagi bilan dasturxonga tortamiz. Qurigan non va ko´k piyoz yanada mazali qiladi!