Go´shtni o´rtacha kattalikda to´g´rab olamiz. Tuz, zira va kashnichdona sepamiz va yahshilab aralashtiramiz.Ustiga timjandi butunligicha uzib solamiz.
Kartoshkani archib tozlab yuvib olamiz. Piyozni ham tozlab olamiz. Har ikkalasini ham kattaroq qilib bo´lib olamiz va tuz, zira kashnichdona va hohishga ko´ra murch sepamiz. 30 ml o´simlik yog´i quyamiz va ahshilab aralashtiramiz.
Kartoshkani go´shtni ustiga solib duhofkada 225 darajada pishirib olamiz. Manda tahminan 40 – daqiqada tayyor bo´ldi.
Kabobimiz tayyor. Judaham mazali va kabobga o´hshagan go´sht bo´ladi. Garniri ham bir vaqtni uzida tayyor bo´ladi. Asosiysi sizdan ko´p vaqt talab qilmaydi.