Quyuq taomlar

Norin

Kerakli masalliqlar:

Hamiriga

Bulion 400 ml

2 dona tuhum

un 750-800 gr

2 choy qoshiq tuz

zira.

1 kg pishgan qazi

Tovuq pishgan 3-4 litr atrofida bulion suvi kerak bo´ladi

Unni elab olami. tuhum chaqamiz . Tuz va bulionni aralashtirib unni ustiga quyamiz. Qattiqroq hamir qorib olamiz.

Hamirni har 20-30 daqiqada mushtlab turamiz. 4 ta zuvalaga bo´lib tindiramiz. Tingan hamirlarni yoyishni boshlaymiz.

Hamirarni kattaroq qilib kesib olamiz va qaynab turgan bulionda pishirishni boshlaymiz.

Pishgan hamirlarni muzdek suvga solib olamiz va toza dasturxonga har bir hamirni yoyib chiqamiz.

Hamirlar tahminan 1 soatlarda qurib tayyor bo´ladi. Endi har bir kesilgan hamirni ustuma ustun qilib orasiga o´simlik yog´i surkab tahlab chiqamiz.

Tahlangan hamirlarni holodilnikka ustuni selofan bilan yopib kami 3-4 soatga bo´lmasam 1 kunga qoldiramiz. Qancha uzoq tursa shuncha yahshi kesiladi yopishmasdan. Manda shoshilinch bo´lgani sabab holodilnikda 3 soat ushladim holos.

Hamirlarimizni mayda ugra qilib kesib olamiz.Endi qazini maydalashni boshlaymiz.

Kesib olgan hamirimizni qazi bilan aralashtiramiz.

Norinimiz tayyor! Dasturxonga tortib oila azolarimizni mexmon qilamiz.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.