Quyuq taomlar

Thai wook

Kerakli masalliqlar:

2 dona tovuq filesi (700 gram)

2 dona bulg´or qalampiri,

1 dona sabzi,

2 dona piyoz,

100 gram qo´ziqorin,

100-150 bruccel karom , gul karom,

500 gram lapsha (Thailand makaroni)

75 ml o´simlik yog´i,  ta´bga ko´ra tuz.

Gul karomni  bo´laklarga ajratib olamiz.  Qo´ziqorinni o´rtasidan bo´lamiz. Broccolini ham gul karom kattaligida ajratib olamiz.

Bulg´orilarni uzunchoq qilib kesib olamiz. Bruccel karomni 4 ga bo´lamiz. Hamma sabzavotlarni bitta idishga solib olib qo´yamiz.

Tovuq fileni o´rtacha qalinlikda uzunchoq qilib to´g´raymiz. Qozonga yog´solib yahshilab pishguncha qovuramiz.

Sabzini yupqa salomka qilib to´g´raymiz. Piyozni ham to´g´rab olamiz va tovuq filesini ustiga piyozni solib tillarang  bo´lguncha  qovuramiz.

Piyoz qovurilgandan so´ng qo´ziqorni. broccoli va gul karomni solib qovuramiz. Sabzi va bruccel karomni qaynagan suvga solib 2 min o´rtacha olovda qaynatib olamiz. Ko´p qaynab ketmasin pishib o´tib ketadi.

Suvdanolib suvini yahshilab oqizib tashlaymiz. Qozondagi qolgan masalliqlarga solib birga qovuramiz. Tuz solamiz!

Alohida idishga suv solib qaynatamiz va tayyor hamirimizni qaynatib pishirib olamiz. Suvini oqizib quruq qilib olamiz!

Pishgan lapsha hamirimizni qovurilgan sabzavotlarga solib aralashtiramiz. Taomimiz tayyor !

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.