Kartoshka, sabzi va bulg´or qalampirini to´rtburchak qilib to´g´raymiz.
piyozni yarim oy qilibto´g´raymiz. Sarimsoqni maydalaymiz. loviyani alohida idishda 1 choy qoshiq razrihritel solib qozonchada 15 daqiqa qaynatib olamiz.
Go´shtni maydalab qozonga yog´solib qovurishni boshlaymiz.Go´shtni qizarguncha yahshilab qovuramiz. Piyozni solib qizarguncha qovuramiz.
Tomat pastasi, ukrop, tuz va sarimsoqni solib 3-4 dsqiqa qovuramiz.
Kartoshka, sabzi va bulg´or qalampirini solib qovurishda davom etamiz. Moshni yuvib solamiz.
Loviyan chayqab yuvib olamiz va moshni ustiga solamiz.
Ustiga 3 litr suv quyamiz va o´rtacha olovda qaynatamiz mosh ochilgunga qadar.
Gurunchni yuvib ovqatimzga solamiz va 20 daqiqa qaynatib pishirib olamiz.
Pishgandan so´ng qurigan rayhon solib uchirib 5 daqiqa dam oldiramiz.
Tuhumni chaqib tuz solib aralashtiramiz va skavarodkada quymoq qilib pishirib olamiz.
Quymoqni maydalab to´g´raymiz va ovqatmizni kosalarga solib ustiga quymoqni solamiz.(Hohishga qarab albatta. Man nonni o´rniga quymoq soldim to´yimli bo´lishi uchun)
Taomimiz tayyor. Qatiq , murch va ko´kat bilan dasturxonga tortamiz!