Salatlar Salmon salad Kerakli masalliqlar:2 dona pomidor1 dona bodring1 dona sabzi1 dona bulg´or qalampirkaram, 150 gram salat barglari3 dona tuhum5-6 dona pomidor qoqi400 gram qizil baliq, tuz va murch. Salat barglarini yuvib idishga solib olamiz. Ustiga sabzni qirg´ichdan chiqarib solamiz. karamni qo´limiz bilan bo´laklarga bo´lib olamiz. Pomidor va bodringni hohlanimizcha maydalab to´g´rab olamiz. Bulg´or qalampirini kattaroq to´rtburchak qilib to´g´raymiz. Salat ustiga pomidor, bodring va bulg´or qalampirini solamiz. Baliqni ham kattaroq qilib maydalab skavarodkada pishirib olamiz. Tuhumni qattiq qilib qaynatib olamiz va har birini 4 ga bo´lib olamiz. Tuhumni salatimizni ustiga solib olamiz. Tuz, murch va ukrop sepamiz. Salatimiz tayyor! Judaham mazali va vitaminga boy , foydali salat bo´ladi.