Quyuq taomlar

Moshkichiri

Kerakli masalliqlar:

2  piyola mosh

1,5 piyola loviya

1 piyola gurunch

2 dona katta sabzi

4 dona piyoz

250 gram qiyma

2 osh qoshiq un

3 osh qoshiq tomat pastasi

100 ml o´simlik yog´i, tuz va ziravorlar.

Piyozni uzunchoq qilib  to´g´rab olamiz. 50 ml o´simlik yog´ida qovuramiz.

Tillarang bo´lgandan keyin qiymani solib yahshilab qovuramiz.

Qiyma qovurilgandan so´ng 2 osh qoshiq tomat pastasidan solib qovurishda davom etamiz. Tuz va hohishga ko´ra murch solamiz.

Qiymamiz tayyor endi alohida idishga solib qiyma qovurilgan qozonchada qolgan narsalarimizni qovurib olamiz. Avval qolgan masalliqlarni yuvib suvga ivitib qo´yamiz. Loviyani soa yoki razrihritelda uvitib qo´yish kerak. Sabzini somoncha qilib to´g´rab olamiz.

Qozonga avval piyozni solib qovuramiz. Orqasidan sabzini solamiz.

Sabziga tuz solamiz va qovurishda davom etamiz.Qolgan masalliqlar suvda uvib tayyor bo´lib turadi.

Sabzi qovurilgandan keyin loviyani suvda 3-4 marotaba chayqab tashlab sabzini ustiga solamiz.

Moshni ham suvini to´kib loviya ustiga solamiz va ustidan 3 litr atrofida sovuq suv quyamiz.

Tahminan 1 soat atrofida qaynab pishadi.

Uvib turgan gurunchni suvini to´kib tashlab gurunchni ham ovqatga qo´shamiz.

Alohida kosada ovqat suvidan 1 cho´mich atrofida suv olamiz va 1 osh qoshiq tomat pastasi va 2 osh qoshiq un bilan atalaymiz. Tayyor bo´lgandan keyin ovqatga qo´shib 20 daqiqa qaynatib olamiz. Gurunchni pishgan pishmaganini tekshiramiz.

Hamma masalliqlar pishgandan so´ng ovqatni tagini o´chirib 10 daqiqa dam beramiz. Tayyor bo´lgan taomimizni tovoqga suzibustidan tayyorlab olgan qaylamizni solamiz va ustiga piyoz solib dasturxonga tortamiz!

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.