Sut 3 stakan Shakar 1 osh qoshiq 2/1 choy qoshiq tuz 1 dona tuhum 1 choy qoshiq hamirturush 2,5 stakan un
30 ml yog´
250 gram qiyma
4 dona piyoz
30 ml o´simlik yog´i
hohishga qarab ziravorlar
Qiyma va piyozni skavarodkaga 30 ml yog´solib qovuramiz. Ta´bga ko´ra tuz, zira , kashnichdona va murch sepamiz.
Sutni isitib olamiz. Juda qattiq isib ketmasin aks holda hamirturush kuyib qoladi. Tahminan qol kuymas darajada bo´lsa etarli.
Endi alohida idishga tuhumni chaqib olamiz va shakar, tuz va hamirturushni solamiz. Unni solib aralashtiramiz. Ustiga sut quyib hamirni mayin qilib tayyorlab olamiz. Ustiga ohirida yog´solamiz.
Blinchiklarni skavarodkaga quyib har ikkala taraflarini qizartirib olamiz.
Pishgan blinchiklarni chetga olib qo´yamiz va tayyor bo´lgan qiymani o´rashni boshlaymiz.
Bir osh qoshiqdan qiymalarni solib hamm blinchiklarni o´rab chiqamiz.
Tayyorlab o´rab olgandan keyin skavarodkaga ozroq yog´surtib har ikkala tarafini qizartirib olamiz.
Blinchiklarimiz tayyor. Judaham mayin va mazali bo´ladi. Hohishga qarab qaymoq yoki smetana bilan dasturxonga tortamiz.
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati