Undan so´ng piyozni solamiz va tillarang bo´lguncha qovuramiz.
Bulg´or qalampirlarini ham solamiz .Orqasidan sabzini solib tuz sepamiz. Sabzini juda ko´p qovurmaslik kerak 1-2 daqiqa etarli.
Eng ohirida ukrop solamiz. Alohida idishga pomidor va bodringni solib olamiz.
Lapshani issiq qaynagan suvga ivitib qo´yamiz va pishgandan so´ng suvini to´kib tashlaymiz. Osonroq eyishga qulay bo´lishi uchun maydaroq qilib bo´lib olamiz.
Endi hamma tayyorlab olingan masalliqlarni idishga solib yahshilab aralashtiramiz.
Salatimiz tayyor! Endi dasturxonga tortishimiz mumkin!
Biz sizga veb-saytimizda eng yaxshi tajribani taqdim etishimiz uchun cookie-fayllardan foydalanamiz. Agar siz saytdan foydalanishni davom ettirsangiz siz cookie fayllardan foydalanishimizga rozilik bildirasiz. OkMaxfiylik siyosati